Maxfiylik siyosati
Siz bizga ilmiy ishingizni ishonib topshirasiz. Quyida qanday ma'lumot olinishi, u qayerda saqlanishi va kim ko'rishi aniq yozilgan — chalkash iboralarsiz.
1. Qanday ma'lumotlar olinadi
- Hisob ma'lumotlari: ism, elektron pochta, ilmiy yo'nalish va profilda o'zingiz kiritgan ma'lumotlar.
- Yuklangan hujjatlar: avtoreferat, dissertatsiya, audio yozuv — qaysi xizmatdan foydalanishingizga qarab.
- Sessiya ma'lumotlari: savol-javob matni, tayyorlangan hisobot va xulosalar.
- Texnik ma'lumotlar: kirish vaqti, xatolik jurnallari.
To'lov kartangiz ma'lumotlari bizga kelmaydi. To'lov to'liq to'lov tizimi tomonida amalga oshiriladi; biz faqat to'lov muvaffaqiyatli bo'lgani haqidagi xabarni olamiz.
2. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- siz buyurtma qilgan xizmatni ko'rsatish;
- hisobot va xulosalarni tayyorlash hamda ularni sizga taqdim etish;
- to'lov va hisob-kitobni yuritish;
- texnik nosozliklarni aniqlash va tuzatish;
- sizning murojaatingizga javob berish.
3. Yuklagan hujjatlaringiz bilan nima bo'ladi
Hujjat turiga qarab qoida farq qiladi:
Avtoreferat va stenogramma
Avtoreferat — ochiq hujjat: u himoyagacha tarqatiladi, rasmiy platformalarda e'lon qilinadi. Ilmiy himoyalar ham ochiq o'tkaziladi. Shu sababli bunday materiallardan platforma sifatini yaxshilash uchun foydalanishimiz mumkin.
To'liq dissertatsiya (dastlabki ekspertiza)
To'liq dissertatsiya — himoyagacha e'lon qilinmagan ishingiz. U faqat siz buyurtma qilgan xulosani tayyorlash uchun ishlatiladi. Sizning aniq roziligingizsiz boshqa maqsadda — jumladan tizimni o'qitish uchun — ishlatilmaydi.
4. Kim ko'radi
- Hujjatlaringiz universitetingizga, ilmiy rahbaringizga yoki haqiqiy kengashga yuborilmaydi. Repetitsiya — shaxsiy mashg'ulot.
- Platforma xodimlaridan faqat texnik zarurat bo'lganda (nosozlikni tekshirish, murojaatingizni ko'rib chiqish) cheklangan doiradagi shaxslar ko'rishi mumkin.
- Universitet sizning himoyangiz uchun shartnoma asosida to'lagan bo'lsa, unga faqat to'lov faktи va sessiya o'tkazilgani haqidagi ma'lumot ko'rinadi — ishingiz matni yoki savol-javob mazmuni emas.
5. Uchinchi tomon xizmatlari
Xizmatni ko'rsatish uchun matn va audio quyidagi provayderlarga qayta ishlash maqsadida uzatilishi mumkin: sun'iy intellekt provayderlari (tahlil, savol shakllantirish, ovoz sintezi va nutqni matnga o'girish), elektron pochta xizmati, to'lov tizimi. Ular ma'lumotni faqat shu xizmatni bajarish uchun ishlatadi.
6. Saqlash muddati
Hujjatlar va hisobotlar hisobingiz faol turgan davrda saqlanadi — bu sizga eski repetitsiyalarga qaytish va taraqqiyotni ko'rish imkonini beradi. Ma'lumotlaringizni o'chirishni istasangiz, info@munozara.live ga yozing.
7. Sizning huquqlaringiz
- o'zingiz haqingizdagi ma'lumotni so'rash;
- noto'g'ri ma'lumotni tuzatishni talab qilish;
- hujjatlaringizni va hisobingizni o'chirishni so'rash;
- to'liq dissertatsiyadan foydalanishga bergan rozilikni qaytarib olish.
Har qanday so'rov info@munozara.live orqali qabul qilinadi.
8. Xavfsizlik
Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi, serverga kirish cheklangan va parollar ochiq ko'rinishda saqlanmaydi. Shunga qaramay, internetda hech bir tizim mutlaq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi — buni ochiq aytamiz.
9. Bog'lanish
Maxfiylik bo'yicha savollar: info@munozara.live.
Oxirgi yangilanish: 2026-08-06